Surxondaryoda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigit qamaldi

3-sahifa

image

Kecha, 18 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitning ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda QALAMPIR'UZ manbasi xabar berdi.

Ochiqlanishicha, Bandixon tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan J.T. 16 mart kuni Bandixon mahallasi hududida voyaga yetmagan J.U.ning yoniga mashinasida kelib, unga uylanmoqchi ekanini aytgan va qo‘lidan ushlab shilqimlik qilib, mashinasiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Sud majlisida J.U. va uning opasi huquqbuzarga nisbatan da’vosi borligini bildirib, unga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Sud ma’muriy ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, yigitni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topgan va unga shu modda asosida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida Yuqori Chirchiq tumanida 12 yoshli qizga SMS-xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan 59 yoshli erkak 5 sutkaga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qamoq Bandixon shilqimlik huquqbuzar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing