Surxondaryoda uyida qurol-yarog‘ yashirganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
10 aprel 3450 1 daqiqa
Joriy yilning 3-5 aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Boysun va Sariosiyo tumanlarida uyida yashirin ravishda qurol-yarog‘ saqlab kelgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilshicha, joriy yilning 3 aprel kuni “Dolzarb 40 kunlik” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Boysun tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 57 yoshli fuqaroning dalahovlisi tekshirilgan. Ko‘zdan kechirish jarayonida uning yashash xonadonidan noqonuniy ravishda saqlab kelinayotgan 12 kalibrli ov quroli, olti dona jangovar holatdagi hamda 85 dona bo‘sh patronlar aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Shuningdek, joriy yilning 5 aprel kuni Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda yana bir holat fosh etilgan. 58 yoshli fuqaroning xonadonidagi molxonasi ko‘zdan kechirilganda u yerdan 28 kalibrli ov quroli va yetti dona bo‘sh patron noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.
Bildirilishicha, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy qurol va o‘q-dorilarni saqlagan shaxslar qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi