Surxondaryoda o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishi sudga oshirildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani 4-sonli maktabning o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchiga nisbatan joriy yilning 26 may kuni qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlikka oid ish mazmunan ko‘rib chiqish uchun  jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tumani sudiga yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 aprel kuni (viloyat XTBga ko‘ra 27 aprel kuni) Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 4-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganligi uchun uni urgan.

Holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Shuningdek, viloyat XTBga ko‘ra, maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini hamda pedagog xodimlarning odob-axloq qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilishini yetarli ravishda nazorat qilmagani uchun Bandixon tumani 4-maktab direktori X.B.dan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida boshqarma boshlig‘i nomiga ariza olingan.

Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.S, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.A. va Ingliz tili fani o‘qituvchisi Yu.Sh. va 9-B sinf rahbari E.J. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo o'qituvchi o'quvchi

Baholaganlar

221

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing