Surxondaryoda o‘g‘il onasini vahshiylarcha o‘ldirdi
3-sahifa
−
15 may
21770Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani sudida meros sabab onasini pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2023 yil noyabr oyi oxirlarida sodir bo‘lgan. "Zahiriddin Muhammad Bobur" mahallasida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan ayol uyida o‘ldirib ketilgan. Ayol o‘limiga qadar sement savdosi bilan shug‘ullangan. U o‘g‘li bilan meros masalasida bir necha marotaba tortishgan.
Buning sababi 2023 yilda ayol qizining to‘yida boyligining 40 foizini kuyoviga berishni va’da qilgan. 29 noyabr kuni ayolning erkak qudasi vafot etgan. U ta’ziyaga borgan va qiziga ertaga (30 noyabr kuni) yana kelishini aytgan. Ammo u boshqa qaytib bormagan.
U uyga qaytayotganida o‘g‘li bilan yana janjallashgan. O‘g‘li singlisiga uy ham, mashina ham bermaslikni talab qilgan. Shundan so‘ng, tungi soat 02:00 lar atrofida o‘g‘il uxlayotgan onasining bir nechta joyiga pichoq sanchgan. Chiqib ketayotganida onasining ingrashini eshitib, orqasiga qaytgan va bo‘yniga ham bir necha marotaba pichoq sanchgan.
"Pichog‘imni olib, (qonlarni) mana shu cho‘tka bilan yuvdim", degan o‘g‘il o‘zining ko‘rsatmasida.
Shundan so‘ng u hech narsa bo‘lmagandek uxlashga yotgan. Ertalab erkak tez yordam chaqirib, onasini kimdir o‘ldirganligi haqidagi ariza bilan huquq-tartibot xodimlariga murojaat qilgan.
Tezkor tadbir davomida qotil o‘g‘il ekani aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi, "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda er xotinini bolta bilan chopib o‘ldirgandi.
LiveBarchasi