Surxondaryoda tez yordam shifokorlari elektroskuterlardan foydalanishni boshladi

Jamiyat

image

Surxondaryoda tez yordam shifokorlari sinov tariqasida elektroskuterlardan foydalanishni boshladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Keltirilishicha, Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialiga bir kunda o‘rtacha 3000 dan ziyod chaqiriq kelib tushadi. Murojaatlarning aksariyati soat 17:00 dan tungi soat 01:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘iga to‘g‘ri keladi.

Tig‘iz paytda bemorlarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida viloyat “Tez yordam” xizmatida bu masalaga innovatsion yechim sifatida elektroskuterlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

“To‘g‘ri, ular zamonaviy “103” avtomashinalari kabi qulayliklarga ega bo‘lmasada, tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura oladigan transport vositasi sanaladi. Bu esa shifokorlarning belgilangan manzilga kechikmay yetib borishi va og‘ir bo‘lmagan bemorlarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishiga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, elektroskuterlarda maxsus chemodan bo‘lib, unda bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi uchun barcha dori vositalari va uskunalar mavjud.

Ta’kidlanishicha, chaqiruv bo‘yicha borgan feldsher vaziyatga qarab ish tutadi. Agar bemorning holati qoniqarli bo‘lsa, unga o‘zi yordam ko‘rsatadi va tavsiyalarini beradi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, zudlik bilan tez yordam brigadasi yordamga chaqiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo shifokorlar elektroskuter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing