Surxondaryoda teplovoz Matiz’ni urib yubordi. Bir kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Muzrabod tumanida teplovoz temir yo‘l kesishmasiga chiqib qolgan Matiz avtomobilini urib yubordi. Buning oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mudhish YTH joriy yilning 10 dekabr kuni soat 13:30 larda Muzrabot tumani “At-Termiziy” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R102 avtomobil yo‘lining 43-kilometrida yuz bergan.

“Men uning chiqib kelganini ko‘rdim. Signal berdim, ammo avtomobil egasi e’tibor bermadi. Pastda, mashina yonida turgan ikki kishi ham baqirdi, ammo buning ham foydasi bo‘lmadi. Keyin majbur bo‘ldim, borib urishga. To‘g‘risi qo‘rqdim, chunki hayotimda birinchi mana shunday hodisa yuz berishi”, deydi teplovoz boshqaruvchisi. 

 

Ma’lum qilinishicha, haydovchi mashinani temir yo‘l kesishmasi o‘rtasiga kelib, o‘chirib qo‘ygan. Teplovoz haydovchisining bergan signallariga qaramay, mashina joyidan qo‘zg‘almagan. Shundan so‘ng, yuz bergan YTH oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan.

“Temir yo‘l kesishmasida yo‘l belgilari o‘rnatilganidan ko‘rinib turibdiki, haydovchi temir yo‘l kesishmasiga kelib chalg‘ish oqibatida mashinasini o‘chirib qo‘ygan. Teplovoz haydovchisining signal berishiga qaramay, u joyidan jilmagan”, deydi Surxondaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i Ilhom Soipov.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing