Surxondaryoda sobiq maktab direktori o‘zini yoqib yuborishga urindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi o‘zini benzin bilan yoqib yuborishga uringani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu maktab “Arpapoya” mahallasida joylashgan bo‘lib, u yerda 2010 yildan joriy yilning 16 sentyabrigacha Z.A. direktor lavozimida ishlagan. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining joriy yil 16 sentyabrdagi buyrug‘i bilan Z.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq bekor qilingan.

Shundan so‘ng, sobiq direktor yangi rahbar faoliyatini boshlashiga qarshilik ko‘rsatgan. Joriy yilning 13 oktyabr kuni maktabda tayinlov hujjatlari topshirilishi chog‘ida Z.A. tomonidan faol qarshilik bo‘lgan, biroq hech kim tan jarohati olmagan. Boshqarma qaroriga ko‘ra, 39-sonli maktab rahbarligiga tegishli tartibda E.A. tayinlangan. Bugungi kunda maktabda o‘quv jarayoni barqaror holatda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan edi. Bunga bo‘lim boshlig‘i tomonidan ogohlantirishlar berilganida mudira kamchiliklarni tan olmagani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Qumqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing