Surxondaryoda “samosud”: 9 kishi 3 yigitni do‘pposladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh sport maktabi tarbiyalanuvchilari “samosud” uyushtirib, katta janjal keltirib chiqargani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, joriy yilning 3 noyabr kuni sport maktabi direktori 31 yoshli Bekzod D. va 25 yoshli Jahongir A. orasida kelib chiqqan janjal natijasida, maktab direktoriga tan jarohati yetgan.

Ertasi kuni soat 16:30 da Sho‘rchi tumanida yashovchi 37 yoshli Shuxrat E. o‘zining murabbiyi bo‘lgan sport maktabi direktori Bekzod D.ga yetkazilgan tan jarohati uchun o‘ch olishga qaror qilgan. U o‘zining tanishlari 28 yoshli Abduvosit A., 26 yoshli Jasurbek A., 28 yoshli Bahodir D., 31 yoshli Jahongir U., 25 yoshli Oybek P., Azizbek Q., 29 yoshli Azamat H., 29 yoshli Sundarbek X. bilan birgalikda bir guruhga birlashib, jamoat joyi hisoblangan, Sho‘rchi tumani, “Bobur” mahallasida joylashgan oshxonada choy ichib o‘tirgan, 25 yoshli Jahongir A. va uning o‘rtoqlari 24 yoshli Xurshid A. hamda 26 yoshli Ravshan N.ning yoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan bita hamda qo‘llariga tushgan stul va boshqa jismlar bilan 25 yoshli Jaxongir A.ni urgan.

Shu vaqtda, uning yonida o‘tirgan 26 yoshli Ravshan N. va 24 yoshli Xurshid A. bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rib, ajratmoqchi bo‘lganligi sababli ularni ham urib do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan holda bezorilik jinoyatini sodir etishgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, fuqaro Jahongir A. va Xurshid A.ga “yengil” tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 11 noyabrda Sho‘rchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Shuhrat E. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,v” va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida 28 yoshli Abduvosit A., 26 yoshli Jasurbek A., 28 yoshli Bahodir D., 31 yoshli Jaxongir U., 25 yoshli Oybek P., Azizbek Q., 29 yoshli Azamat H., 29 yoshli Sundarbek X., va 37 yoshli Shuhrat E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, har biriga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, tergov yakuniga ko‘ra, yuqoridagi holatda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanadi”, deyiladi deparatment xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

samosud

Baholaganlar

377

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing