Surxondaryoda poyezd Lacetti’ni urib ketdi. Qurbon bor (video)

3-sahifa

image

Bugun, 6 avgust kuni Surxondaryo viloyatida poyezd Lasetti’ni urib yuborishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 12:40 larda Qumqo‘rg‘on tumani “Joziba” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4N 1591 avtomobil yo‘lining 0 kilometrida sodir bo‘lgan. 24 yoshli haydovchi Lacetti rusumli avtomobilda “Qumqo‘rg‘on-Elbayon” temiryo‘l bekati oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida o‘rnatilgan ogohlantiruvchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan vaqtida, shu yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “Sariosiyo-Termiz” yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

“Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida maktab o‘quvchisi traktorni boshqarib ketayotib, poyezd bilan to‘qnashib ketgan va oqibatda halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo poezd Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made