Surxondaryoda ota va o‘g‘il pichoqlandi (video)
3-sahifa
−
23 iyun 19307 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joriy yilning mart oyida ota-o‘g‘il pichoqlangani haqida QALAMPIR.UZ’ga murojaat kelib tushdi. Unda murojaatchi ayol turmush o‘rtog‘i oilaning yagona boquvchisi ekani, o‘g‘li esa hali voyaga yetmagani, ularni pichoqlaganlarga biror-bir chora ko‘rilmayotganini aytgan.
Tahririyat holat haqida ma’lumot olish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan bog‘landi. Ammo IIB matbuot kotibi hech qanday ma’lumot bermadi.
Shundan so‘ng QALAMPIR.UZ Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, holat 2025 yilning 27 mart kuni sodir etilgan. 28 mart kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur jinoyat sodir etilishi yuzasidan fuqaro R.Q.ga ayblov e’lon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirgi kunda Sariosiyo tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 31 yoshli ayol va uning 12 yoshli farzandi qarindoshi tomonidan pichoqlangandi.
Live
Barchasi