Surxondaryoda noma’lum shaxslar tomonidan bo‘rining terisi shilindi (video)
3-sahifa
−
16 noyabr 2022
14187Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda noma’lum shaxslar tomonidan bo‘rining terisi shilib olinayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlarining o‘rganish davomida ushbu holat Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani "Sangardak" mahallasida yashovchi T.F. tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, T.F. bu harakati bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasi va “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 17,27-moddalari talabini buzgan.
Shu sababli unga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Avvalroq O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tasqara qushi ovlangani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi