Surxondaryoda noma’lum hayvonning bolalari topildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida odamlar qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvonni urib o‘ldirgani aytilgan video Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va IIB tomonidan o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, aholi bilan suhbat jarayonida noma’lum hayvon tomonidan 10 dan ortiq chorva mol bo‘g‘izlab ketilgani va mahalla fuqarolari yig‘ilib, tunda hayvonni ta’qib qilib, tayoqlar yordamida urib o‘ldirganliklarini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, “Oriyat” mahallasi hududidagi “Shomurodov Akbar” fermer xo‘jaligiga qarashli dalaning chetida ikki bosh noma’lum hayvonning bolalari topib olingan. Hozirda ushbu hayvon bolasi qarovsiz qolib ketgani va ushbu hayvonni saqlab qolish hamda turini aniqlash maqsadida Termiz hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum yirtqich topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

586

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing