Surxondaryoda noqonuniy mashina savdosi bilan shug‘ullangan ota-bola qamaldi
3-sahifa
−
15 avgust
5354Surxondaryo viloyatida mashinani bo‘lib to‘lash sharti bilan olib, o‘zgalarga sotgan ota-bola va ularning ikki nafar sherigiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termiz shahrida yashovchi 58 yoshli fuqaro o‘g‘li va yana ikki kishi bilan til biriktirib, noqonuniy avtomashinalar savdosi bilan shug‘ullangan. Ular mashina uchun hujjat olmasdan va to‘lovlarni to‘lamasdan, avtomobillarni uchinchi shaxsga pullagan.
Xususan, Toshkent shahrida yashovchi fuqarodan bir nechta Cobalt va Lacetti rusumli avtomashinalarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan, ammo firibgarlar mashina haqini to‘lamagan va mashinalarning uchtasini 56, 44 va 46 million so‘mga uchinchi shaxslarga sotib yuborgan.
Bildirilishicha, 58 yoshli to‘daboshi avval ham uch marta sudlangan.
Sud hukmiga ko‘ra, tegishli moddalari bilan to‘daboshi olti yarim yilga, uning o‘g‘li to‘rt yilga, uchinchi sherigiga esa uch yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. To‘rtinchi shaxsga esa uch yilga axloq tuzatish ishlari tayinlanib, u sud zalidan ozod qilingan.
LiveBarchasi