Surxondaryoda Nexia urib yuborgan 8 yoshli qiz vafot etdi
3-sahifa
−
31 iyul 4156 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida 8 yoshli qizaloq Nexia urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli fuqaro Nexia-2 rusumli avtomashinasini boshqarib kelib, yaqin atrofda maktab borligini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lsa ham tezlikni pasaytirmagan. Oqibatda u piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizaloqni urib ketgan. Qiz esa vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud hukmi bilan erkakning 2 yil transport vositalarini boshqarishi taqiqlangan va 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tattirish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Spark mashinasi haydovchisi bo‘lgan 20 yoshli yigit avtohalokatga uchrab, voqea joyida halok bo‘lgandi.