Surxondaryoda Nexia’ni yo‘lovchi poyezdi urib ketdi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatidagi temir yo‘lning qo‘riqlanmaydigan kesishmasidan o‘tayotgan Nexia’ni yo‘lovchi poyezdi urib ketdi. Bu haqda Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 sentyabr kuni 42 yoshli A.O‘. boshqaruvidagi Nexia'da “Zartepa-Surxon” bekatlari oralig‘ida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan. Oqibatda mashina Sariosiyo-Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan. 

Mazkur YTH oqibatida Nexia haydovchisi turli darajadagi tan jarohatlar bilan Jarqo‘rg‘on tuman tez-tibbiy yordam markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi Buvayda va Qo‘qon temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida GAZ-53 rusumli yuk mashinasi va yo‘lovchi poyezdi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi. Hodisa oqibatida yuk mashina haydovchisi T.S. voqea joyida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo Nexia yo'lovchi poezdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing