Farg‘onada yuk mashinasi va yo‘lovchi poyezdi to‘qnashdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
14 Oktabr 2020
9577Kecha, 13 oktyabr kuni soat 21:40 da Buvayda va Qo‘qon temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
GAZ-53 rusumli yuk mashinasi temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidasini buzgan va yopiq shlagbaumni aylanib o‘tish uchun manyovr qilganda “Toshkent-Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo‘lovchi poyezdi lokomotivining yon tomoniga urilgan.
Natijada yuk mashinasi jiddiy zarar ko‘rgan. Yuk mashina haydovchisi T.S. hayot uchun xavfli tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Lokomotiv va birinchi vagon ham zarar ko‘rgan. Yo‘lovchilar orasida qurbon va jabrlanuvchilar bo‘lmagan. Talafot ko‘rgan Lokomotiv Qo‘qondagi bazaga olib borilgan. Yo‘lovchi poyezdini boshqa bir elektrovoz manziliga yetkazgan.
YTH natijasida yo‘lovchi poyezdi 42 daqiqa ushlanib qolgan. Ayni vaqtda huquq-tartibot organi xodimlari hodisa yuzasidan surishtiruv olib boryapti.