Surxondaryoda maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
17 dekabr 2019
6809Surxondaryoda o‘qituvchi nomiga dog‘ tushirib, pora olayotgan maktab direktori qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan, Angor tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Angor tumani 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori O.X. o‘qituvchi N.Y.ni ushbu maktabdan ishdan bo‘shatmaslik evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan maktab direktori O.X.ga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.
LiveBarchasi