Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan.

Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yashovchi fuqaro M.I.ning  xonadoniga kirib qolgani, fuqaro aholiga zarar yetkazmasligi uchun bo‘rini uyida saqlagani va viloyat Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilgani ma’lum bo‘lgan. 

“Bo‘rining salomatligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirildi va “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududiga qo‘yib yuborildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda aholi yashaydigan hududga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirilgani haqida ma’lum qilingandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo bo'ri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing