Surxondaryoda “KamAZ”ga qarata o‘q uzgan Malibu haydovchisi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
29 avgust 2021
24579Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Malibu haydovchisi hech qanday sababsiz yo‘lda harakatlanib ketayotgan “KamAZ”ga o‘q uzdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 27 avgust kuni soat 16:34 larda, Boysun tumanining “Darband” mahallasida yashovchi, D.Madamin boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashinasini tumanning “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida boshqarib borib, shu yo‘lda harakatlanib ketayotgan, Sherobod tumani “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasida yashovchi, M.Alisher boshqaruvidagi KamAZ” rusumli avtomashinasiga o‘zida bo‘lgan pnevmatik pistolet bilan 2 marotaba o‘q uzgan.
Pnevmatik pistolet, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirib ko‘rish uchun hujjatlashtirib olingan.
Kecha, 28 avgust kuni D.Madaminga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi