Surxondaryoda ikki maktab o‘quvchisi 23 yoshli yigitni kaltakladi
3-sahifa
−
16 may
14309Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada bir yigitning ko‘pchilik tomonidan kaltaklanayotgani videosi tarqaldi. Bunga Surxondaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, mazkur holat joriy yilning 9 aprel kuni ro‘y bergan bo‘lib, 2006 yilda tug‘ilgan B.N. hamda uning tengdoshi M.N.lar oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Ular jamoat joyi hisoblangan Oltinsoy tumani "Gulchechak" mahallasida joylashgan 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oldidagi yo‘lda o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan tumanning "Qiziltepa" mahallasida yashovchi fuqaro – 2001 yilda tug‘ilgan X.J. bilan hech bir sababsiz tortishib, janjallashgan.
Janjal vaqtida voyaga yetmagan B.N. va M.N.lar qo‘llari bilan jabrlanuvchining duch kelgan joyiga urib, oyoqlari bilan uning yuziga tepib, tan jarohati yetkazgan.
Shuningdek, ular atrofdagi odamlarni o‘zlariga qaratib, jamoat tartibini buzgan va jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bezorilik jinoyatini sodir etgani aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlar B.N. va M.N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi