Surxondaryoda giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanayotganlar ushlandi (video)

Jamiyat

image

Surxondaryoda umumiy og‘irligi 9,3 kg bo‘lgan narkotik moddalarni olib-sotish bilan shug‘ullangan bir necha shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, "opiy" va "gashish" singari giyohvand moddalar tojikistonlik, afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgani aniqlangan.

Jumladan, Termiz tumanida harakatlanayotgan Matiz rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Samarqand shahrida tug‘ilgan, Termiz shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan fuqaroning yonidan 4 kg 827 gr "opiy" moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruv harakatlari davomida, ushbu giyohvandlik moddasi muqaddam afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan keltirib berilgani ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, Sariosiyo tumanida yashovchi aka-ukalar 3 kg 627 gr "opiy" va  919 gr "gashish" moddalarini 30 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, navbatdagi giyohvandlik vositalari tojikistonliklar tomonidan noqonuniy yo‘l bilan Sariosiyo tumaniga olib kirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksning 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu fuqarolarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda yuk avtotransport vositasiga yashirilgan 70 kilogrammga yaqin narkotik moddalar to‘xtatib qolingani haqda xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo giyohvand narkotik modda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing