Surxondaryoda Gentra jarlikka tushib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Gentra jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, holat 7 may kuni 23:30 larda Uzun tumanidan o‘tuvchi 4K-620 avtomobil yo‘lining 51-kilometrida sodir bo‘lgan. Voqea joyini o‘rganish maqsadida mas’ul rahbar va xodimlar yetib borgan.

Denov yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan Gentra haydovchisi xavfli burilishlarga e’tibor bermasdan, chalg‘ishi oqibatida mashina jarlikka tushib ketgan. Hodisada 1 nafar fuqaro voqea joyida, yana bir fuqaro esa tuman shoshilinch tibbiy bo‘limiga olib borilgan vaqtda halok bo‘lgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing