Surxondaryoda fuqaro MIB xodimiga pichoq bilan tashlanib, uni kaltakladi
3-sahifa
−
28 may 2021
5133Joriy yilning 21 may kuni MIB Sho‘rchi tumani bo‘limi davlat ijrochisi A.A. ijro hujjati (qarz undirish)ga asosan tegishli xonadonga borgan vaqtida, qarzdorning akasi qo‘liga pichoq olib, davlat ijrochisiga tan jarohati yetkazmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Voqea ishtirokchilari tomonidan fuqaroning ushbu harakati to‘xtatib qolinishiga qaramasdan u davlat ijrochisini qo‘llari bilan urib, uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinasiga tosh otib orqa oynasini sindirib, ijro harakatini amalga oshirishdan voz kechishga majbur qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr