Surxondaryoda davlatga 425 mln so‘m zarar yetkazgan kriptoferma aniqlandi
3-sahifa
−
23 noyabr 2023
8178Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Uzun tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro O.Q. fuqaro J.U. bilan til biriktirib, o‘z uyida 114 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan. Aniqlik kiritilishicha, bu orqali ular davlat va jamiyat manfaatlariga 425,7 million so‘m zarar yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy viloyatining Karmana tumanida davlat manfaatlariga 24 milliard so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning firmasi faoliyati to‘xtatilgandi.
LiveBarchasi