Surxondaryoda Damas harakatdagi poyezd bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida joylashgan Tangimush va Oqjar stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV xabar qildi.

Damas avtomobili svetoforning qizil chirog‘iga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lib, “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdining yon tomoniga urilgan. 

YTH natijasida avtomashina haydovchisi, 1995 yilda tug‘ilgan S.X. olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga olib ketilgan. Biroq unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, haydovchi hayotdan ko‘z yumgan. 

Poyezd voqea joyida 13 daqiqa turib, so‘ng harakatini davom ettirgan. Poyezd yo‘lovchilari orasida qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo poezd

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing