Surxondaryoda cho‘milmoqchi bo‘lgan 3 yigit cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanining Namuna mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Surxon daryosiga cho‘milish uchun borgan 6 nafar yigitdan 3 nafari daryoda cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi 2008 yilda tug‘ilgan 6 nafar yigit cho‘milish maqsadida daryo bo‘yiga borgan. Daryoning kuchli oqimi yigitlarning 3 nafarini oqizib ketgan.

Yigitlardan biri suvga tushmagan. Qolgan besh nafar yigit esa cho‘milish maqsadida daryoga kirgan. Atrofda bo‘lgan fuqarolar darhol yordamga oshiqib, suvga tushib ketgan yigitlardan ikki nafarini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Voqea joyiga maxsus qutqaruv xizmati g‘avvoslari zudlik bilan yetib borgan.

O‘sha kunning o‘zida maxsus qutqaruv xizmati g‘avvoslari tomonidan bir nafar fuqaroning jasadi suvdan olib chiqilgan, 9 iyun kuni esa yana bir nafari topilgan. Hozirgi kunda yana bir nafar fuqaroning jasadini qidirish-qutqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida unda bo‘lgan bir kishi cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing