Surxondaryoda chaqalog‘ini 62 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi
3-sahifa
−
10 mart 2025 5320 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, olti nafar farzandning onasi bo‘lgan 36 yoshli ayol yetti kunlik chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan va buning ortidan pul ishlamoqchi bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni 62 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.
Sud fuqaroni Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Surxondaryo viloyatida 2024 yilda dunyoga kelgan farzandini sotmoqchi bo‘lgan ona qamalgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025