Surxondaryoda Captiva va velosipedchi ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 22 aprel kuni soat 21:45 larda, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududidan o‘tuvchi 4P-108A avtomobil yo‘lining 3 kmda bir kishining o‘limi yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

1986yilda tug‘ilgan haydovchi A.Sh. Captiva rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘l chetidan shu yo‘nalishda ketayotgan velosiped xaydovchisini turtib yuborgan. So‘ngra, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi xonadonning devoriga avtomashinaning oldi qismi bilan urilgan.

Natijada, Captiva rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1989 yil tug‘ilgan U.T. og‘ir tan jarohati olishi oqibatida tuman shifoxonasida vafot etgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi A.Sh. va velosiped xaydovchisi 2002 y.t. I.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing