Surxondaryoda bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
27 fevral
6406Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Voqea joriy yilning 25 fevral kuni tumanning Duoba mahallasida sodir bo‘lgan. Shu kuni taxminan soat 10:30 da temirdan qo‘lbola yasalgan pechdan is gazi chiqishi oqibatida 1980 yilda tug‘ilgan J.X. (erkak) va uning farzandlari J.M. (o‘g‘il, 2013), Sh. M. (qiz, 2016), S.M. (qiz, 2018) uxlab yotgan vaqtida dimiqib, voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, 1986 yilda tug‘ilgan Z.N. (ayol) va 2008 yilda tug‘ilgan N.M. (qiz) Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 16 yoshli qiz bugun, 27 fevral kuni soat 10:45 larda tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Boysun tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida bir oilaning 6 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
LiveBarchasi