Surxondaryoda bir kun ichida uchinchi zilzila qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 23 noyabr kuni O‘zbekiston hududida uchinchi bor zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:36 da (Grinvich bo‘yicha 23 noyabr 09:36 da) Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,9 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 37,76 gradus shimoliy kenglik; 67,69 gradus sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi. 

Yer silkinishining chuqurligi 10 km, magnitudasi 3,9 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 411 km janubi-g‘arbda joylashgan. 

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

  • Qumqo‘rg‘on tumanida 3 ball, 16 kilometr.
  • Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, 26 kilometr.
  • Bandixon tumanida 2 ball, 31 kilometr.
  • Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 35 kilometr.
  • Qiziriq tumanida 2 ball, 42 kilometr.

Eslatib o‘tamiz, bugun 23 noyabr kuni soat 04:28 da ham aynan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 3,2 balli zilzila yuz bergandi. Shuningdek, mazkur hududda soat 14:08 da ham 3,5 balli yer silkinishi qayd etilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo zilzila Qumqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing