Surxondaryoda ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi
3-sahifa
−
18 avgust 8104 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yashovchi ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
IIBning yozishicha, joriy yil 15 avgustdan 16 avgustga o‘tar kechasi, tungi soat 02:30 da Termiz shahrining Mehrabod mahallasida yashovchi fuqaro T.E. hamda uning turmush o‘rtog‘i J.E. o‘rtasida kelib chiqqan oilaviy nizo oqibatida fuqaro T.E. turmush o‘rtog‘ining yuz-chakka va quloq sohasiga urib jarohat yetkazgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan ayol turmush o‘rtog‘ining doimiy tazyiq yoki zo‘ravonligi ostida bo‘lib kelgani vaji ilgari jabrlanuvchi IIOga xabar bermaganini inobatga olgan holda, alohida o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tarmoqlarda sizdirilgan xabarlarda aytilishicha, jabrlanuvchining turmush qurganiga olti yil bo‘lgan. U uzoq vaqt davomida eridan tahqir va kaltaklarga chidab kelgan. U so‘nggi marta 16 avgust kuni turmush o‘rtog‘i tomonidan shafqatsiz kaltaklangan. Ayol eri uxlab qolguncha kutib, tong saharda kichik bolasi bilan uydan qochib ketgan. U uyidan deyarli hech narsasiz, qo‘lida faqat bolasini ko‘tarib chiqqan. Kaltaklanganidan so‘ng uning yuzida sog‘ joyi qolmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 iyul kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi Zebo ismli xonanda turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgandi. Erkak ayolining oldiga farzandlarini ko‘rish maqsadida kelib, u bilan suhbat davomida o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashgan.
Live
Barchasi