Surxondaryoda 5 nafar onasiz bolaning otasi YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
12 avgust 2021
10685Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida Nexia-3 haydovchisi piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH joriy yilning 10 avgust kuni soat 00:15 larda M-41 xalqaro avtomobil yo‘lining “Ajdarsoy” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lning 1539-kilometrida yuz bergan. Mast holda Nexia-3 ni boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida ketayotgan erkakni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda vafot etgan. Ma’lum qilinishicha, YTH qurboni 5 nafar farzandning yolg‘iz qarovchisi bo‘lgan.
LiveBarchasi