Surxondaryoda 20 yoshli yigit tengdoshinining o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 10 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 20 yashar yigit halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 03:15 larda Denov tumani “Bog‘i-Eram” mahallasi hududidan o‘tgan mahalliy ichki yo‘lda yuz bergan. Haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan S.B. Nexia rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tezlikni me’yoridan oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi 20 yoshli S.S. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing