Surxondaryoda 17 bosh tovushqonni o‘ldirgan brakoner ushlandi
Jamiyat
−
22 noyabr 2023
10048Surxondaryo viloyatida 11 ta yovvoyi qum tovushqonini ovlagan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 20 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasiga noma’lum shaxs tomonidan yovvoyi qum tovushqoni ovlangani aks etgan rasm kelib tushgan. So‘ngra ushbu ma’lumotga asosan ekologik surishtiruv o‘tkazilgan.
Natijada suratdagi shaxs Angor tumani “Xomkon” mahallasida yashovchi fuqaro ekanligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs Angor va Muzrabot tumanlari hududida 2022 yilda ruxsatnomasiz 6 bosh, 2023 yilda esa 11 bosh qum tovushqonini tungi vaqtda ta’qiqlangan usul bilan ovlagan.
Oqibatda 2022 yilda ovlangan 6 bosh qum tovushqon sabab tabiatga 5 million 400 ming so‘mlik, 2023 yil ovlangan 11 bosh qum tovushqoni sabab 10 million 890 ming so‘mlik zarar yetkazilgan. Umumiy hisobda tabiatga yetkazilgan zarar 16 million 290 ming so‘mni tashkil etadi.
Boshqarmaga ko‘ra, holat yuzasidan birlamchi hujjatlar tayyorlanib, fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 4-qismiga asosan jazo tayinlangan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda joriy yilning boshidan beri noqonuniy baliq ovlagan 25 nafar brakonerga chora ko‘rilgandi.
LiveBarchasi