Surxondaryoda 14 nafar mas’ul ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida aholi murojaatlariga e’tiborsiz qarab, mas’uliyatsizlik qilgan 14 nafar mas’ul ishdan olindi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 9 oktyabr kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida sektorlar, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va boshqarma rahbarlari ishtirokida qator masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar murojaatlari ijrosi hamda ko‘tarilayotgan muammoli masalalarni hal etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan, yuklatilgan vazifalarga befarqlik bilan qaragan viloyat va hududiy darajadagi rahbarlar hamda mas’ullarning 14 nafarini egallab turgan vazifasidan ozod etish haqida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, ayrim tuman hokimlari rasman ogohlantirilgan. Hokimlik tomonidan 14 nafar ishdan olingan mas’ul va ogohlantirish olgan hokimlar kimlar ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori T.U. bilan janjallashgani haqidagi video tarqalgan edi. Shundan so‘ng maktab direktori shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Surxondaryo hokimi esa o‘zi bilan janjallashgan direktorni shifoxonaga borib ko‘rdi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo hokimiyat Ulug'bek Qosimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing