Surxondaryoda 119 kg giyohvandlik moddasi aniqlandi
3-sahifa
−
27 mart 2893 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbirining 25 kuni davomida 119 kg giyohvandlik moddasi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 mart kunidan beri 200 dan ortiq giyohvandlik bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, jami 119 kg 691 gramm giyohvandlik moddalari hamda 9500 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.
Hududlar kesimida Termiz tumani 96 kg 631 gramm giyohvandlik moddalari bilan birinchi o‘rinni qayd etgan. Sariosiyo tumanida 13 ta holatda 14 kg 682 gramm, shuningdek, Sho‘rchi tumanida 13 ta holatdan 8 kg 65 gramm giyohvandlik moddalari aniqlanib, jami 120 kilogrammga yaqin turli xildagi giyohvandlik vositalari iste’molining oldi olingan va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan.
Bundan tashqari, Qiziriq tumanida 1625 dona, Uzun tumanida esa 7340 dona taqiqlangan dori vositalarining noqonuniy savdosi oldi olinib, daliliy ashyolar olib qo‘yilgan va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg narkotik moddani olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi