Surxondaryoda 11-sinf yigit 9-sinf qizni zo‘rladi
3-sahifa
−
13 yanvar 12070 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘quvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 11- va 9-sinfda tahsil olayotgan voyaga yetmagan shaxslar bilan bog‘liq vaziyat bundan bir necha oy avval maktabdan tashqarida sodir bo‘lgani aniqlangan. Shunday bo‘lsa-da, holat maktab ma’muriyati tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, ota-onalar ishtirokida muhokama etilgan va ichki ishlar organlari xabardor qilingan. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
“Tekshiruv jarayonida voyaga yetmagan shaxslarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati, shuningdek, ularning ruhiy holatini himoya qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan tergovga qadar tekshiruv yakuniga yetmaguncha, bir tomonlama xulosalar chiqarish va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatish maqsadga muvofiq emasligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, maktab ma’muriyati tomonidan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilmoqda. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha axborot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan manzil koloniyada jazosini o‘tayotgan 31 yoshli mahkum qochib, 3-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagandi. Keyinroq unga sud hukmi bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Live
Barchasi