Surxondaryoda ham chiqindi tashish korxonasi 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar hisoblagani fosh bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida maishiy chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi 3,2 milliard so‘m miqdorida ortiqcha daromad olgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, korxonada aholiga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va holati hamda iste’molchilardan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun pul olish holati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan holda, ya’ni tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan qo‘llash oqibatida 522,6 million so‘m, ko‘rsatilmagan xizmat uchun 2,7 milliard so‘m, jami 3,2 milliard so‘m miqdorida ortiqcha daromad olingani ma’lum bo‘lgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Toza hudud” korxonasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasi (Ustun mavqeni va ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilishni taqiqlash), “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 722-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomi talablari buzilganligi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Shuningdek, 3,2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Toza hudud” korxonasining Sirdaryodagi filiali ham ortiqcha to‘lovlar hisoblagani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

chiqindi tashish korxonasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar