Surxondaryo: “zapravka”da turgan Lacetti’ning gaz balloni portlab ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 2 oktabr kuni Surxondaryoda Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon siqilgan gaz to‘ldirish shaxobchasida portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 15:30 da viloyatning Jarqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, yong‘in sodir bo‘lmagan, yong‘in qutqaruv ekipajlari chaqirilmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ballonining yorilishiga avtomobilga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan (ECEK 110 SH 72 kg skotchli) gaz ballonining yuqori bosim ostida texnik deformatsiyasi sabab bo‘lgan.

“Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 sentyabr kuni Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Lacetti avtomobilining gaz balloni portlab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

460

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing