Surxondaryo IIB boshlig‘iga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
24 iyul 2021 12637 1 daqiqa
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Podpolkovnik Bahrom Maxamatovich Xidirov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Bahrom Xidirov Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Sherzod Fayzullayevich Shodiyev Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sherzod Shodiyev IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28