Surxondaryo FVB boshlig‘i ham almashtirildi
Jamiyat
−
25 iyun 5185 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sharof Tojiboyevich Shukurov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u 2022 yildan buyon Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Sharof Shukurov 1979 yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan. 2000 yilda Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabining bakalavr darajasini, 2005 yilda shu oliy maktabning magistr darajasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – hayotiy faoliyat xavfsizligi, tezkor xizmat faoliyatini tashkillashtirish.
Mehnat faoliyati davomida u Jizzax va Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Xurshid Aliboyev Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.