Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.

Xolmamat Jo‘rayevich Samatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan shu kunga qadar Angor tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Usmon Yangibayevich Turapov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Usmon Turapov 1964 yilning 19 yanvarida Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-gidrotexnik.

Mehnat faoliyati davomida Qumqo‘rg‘on tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Jarqo‘rg‘on tumani hokimining  birinchi o‘rinbosari, Jarqo‘rg‘on tumani hokimi, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i, 2018 yildan Angor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Usmon Turapov

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing