Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
11 may 2053 1 daqiqa
Oybek Qurbonovich Ashurov Surxondaryo viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Oybek Ashurov 1988 yil Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Malaka darajasi – 3-darajali xizmatchi. U mehnat faoliyati davomida turli yillarda Sherobod va Sho‘rchi tumanlari hokimliklarida turli vazifalarda, xususan, hokim o‘rinbosari lavozimida, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ma’lumot uchun, viloyat hokimining avvalgi o‘rinbosari Ilhom Saparov Jarqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan.
Live
Barchasi