Suriyaning Halab shahrida jonli ko‘rsatuvlar tayyorlanadigan bo‘ldi
Olam
−
04 iyul 2020
6181Suriyaning Halab shahrida davlat televideniyesi qayta tiklandi – buning uchun xodimlar mahalliy universitetda vaqtincha studiya tashkil etishdi. Ma’lumot o‘rnida, bir vaqtlar markaziy televideniye binosi terrorchilar tomonidan minalashtirilgan, yaqin vaqtgacha jangarilar undun radikal g‘oyalarni tarqatishda va o‘q-dorilar ombori sifatida foydalanib kelayotgan edi.
"Bizning burchimiz – bu yerda yashayotgan odamlarning hayotini, ularning turmush tarzini hikoya qilish. Odamlar o‘z qarindoshlari qanday yashayotganlarini ko‘rishlari zarur. Urush paytida ko‘plab oilalar mamlakat bo‘ylab tarqab ketdi", dedi Halabaga ko‘chib kelgan Saida al-Jamal. U Halabga urush dahshatlarini butun dunyoga namoyish etish uchun kelgan.
Halab davlat kanali direktori Abdul Karim Ubeydning “Halabdan” dasturida shahardagi haqiqiy vaziyat va voqealar haqida hikoya qilinadi. Sport uchun ham vaqt ajratilgan, chunki Halab aholisi futbolni yaxshi ko‘radi.
Avvalroq Halabdagi milliy muzeyi COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlar olib tashlanganidan keyin tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochgani ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi