Suriyani uch qismga bo‘lish rejalashtirilgandi – Erdo‘g‘an
Olam
−
18 yanvar
4947Suriyani uch qismga bo‘lib tashlash rejasi ishlab chiqilgan edi, ammo ushbu reja barbod qilindi. Bu haqda bugun, 18 yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasining 8-odatiy viloyat qurultoyidagi nutqida so‘z ochdi.
“Biz Suriyaning yangi hukumati tomonidan mamlakatning siyosiy va hududiy yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qadrlaymiz. Suriyani uch qismga bo‘lib, osongina “yo‘q qilish” rejasi to‘xtatildi”, dedi Erdo‘g‘an.
Biroq u bunday rejani kim tayyorlaganini aniqlashtirib o‘tmagan. Shuningdek, Erdo‘g‘an turk hukumati Suriya qochqinlarining o‘z vataniga ixtiyoriy ravishda qaytishiga ijobiy munosabatda ekanini ta’kidlagan. Ammo Turkiya qochqinlarni vataniga qaytishga majburlamaslikka alohida e’tibor qaratayotganini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan SNN nashriga bergan intervyusida Turkiya Suriyadagi kurd kuchlari prezident Bashar Asad ag‘darilganidan so‘ng hokimiyatni “qonsiz” almashtirish bo‘yicha Anqara shartlarini qabul qilmasa, ularga qarshi harbiy operatsiya boshlashini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar