Suriyadan 19 nafar bola Rossiyaga qaytarildi

Olam

image

Uch yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 19 nafar bola Suriyadan Rossiyaga qaytib keldi. Yaqin kelajakda ular Dog‘iston, Boshqirdiston, shuningdek Saratov va Kemerovo viloyatlaridagi qarindoshlariga yuboriladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Rossiya bola huquqlari bo‘yicha ombudsmani Anna Kuznetsovaga asoslanib xabar berdi.

“Bugun tushdan keyin Moskva yaqinidagi Chkalovskiy aeroportiga Rossiya Mudofaa vazirligining samolyoti kelib qo‘ndi, uning bortida uch yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 19 nafar bola bo‘lgan”, deydi u.

Kuznetsovaning so‘zlariga ko‘ra, ular rasmiylar tomonidan vaqtincha nazorat qilinmaydigan Al-Xol va Roj qochqinlar lagerlaridan olib chiqilgan.

Uning aniqlik kiritishicha, kelgandan so‘ng darhol barcha bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Kerakli karantin muddati o‘tganidan keyin ular qarindoshlariga topshiriladi. Kuznetsovaning qo‘shimcha qilishicha, yana 96 nafar bolani qochqinlar lageridan qaytarish uchun hujjatlar tayyor.

Kuznetsova o‘zining Facebook sahifasida bu reys rus bolalar bilan amalga oshiriladigan bu yilgi so‘nggi reys ekanini e’lon qilgan.

Joriy yilning sentyabr oyida xuddi shu qochqinlar lagerlaridan 15 nafar bola Suriyadan Rossiyaga qaytib kelgandi. Suriya va Iroqda voyaga etmagan ruslarni topish va qaytarish bo‘yicha ishlar 2017 yilning yozida boshlangan. Shu vaqt ichida 182 nafar bola Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar zonasidan chiqarilgan. Ular ota-onalari ilgari ID (Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot) safiga qo‘shilgani sababli u yerda bo‘lgan. Kuznetsovaning xabar berishicha, Rossiyadan jami 350 ga yaqin bola olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing