Suriyadagi o‘zbekistonlik jangari qidiruvga berildi
3-sahifa
−
27 mart
22494Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgan andijonlik yigit qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Abduvahob Abdurahimov 1999 yil Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan. U Rossiyaning Tula shahrida mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanib yurgan vaqtida, "Javhad an-nusra" xalqaro terroristik tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan "Tavhid va jihod katibasi" guruhining g‘oyaviy yetakchilari ta’siriga tushib qolgan. Keyinchalik ushbu tashkilot g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, 2022 yilda Rossiyadan Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga o‘tib, terrorchilik tashkiloti tarkibida faol jangovar harakatlarda qatnashib kelgan.
Abduvahob Abdurahimov hozirda ham jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani aniqlangan. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida unga nisbatan 2023 yilda Jinoyat kodeksining 155-2- (terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish) 1-qismi 244-1-moddalari (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya orqali Suriya davlatiga o‘tib jangovar harakatlarda qatnashgan fuqaro Islomiddin Muhiddin o‘g‘li Qodiraliyev qidiruvga berilgan edi.
LiveBarchasi