Suriyadagi turk harbiy bazasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
07 aprel 2021
3270Kecha, 6 aprel kuni Suriyaning Al-Hasaka viloyatida joylashgan Turkiya harbiy bazasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi, natijada o‘ndan ziyod turk askari halok bo‘lgan yoki jarohatlangan. Bu haqda voqea joyidagi ma’lumotli manbaga asoslanib xabar berilgan.
"Al-Hasakadagi Turkiya harbiy bazasi yaqinida sodir bo‘lgan portlash natijasida 12 nafar turkiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi va jarohat oldi", deyilgan manbada.
Turkiya rasmiylari bu voqea haqida hozircha izoh bermayapti.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 23 mart kuni Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida joylashgan Amerika bazasi raketa hujumiga uchragandi.
Ommaviy axborot vositalari AQSH harbiy xizmatchilari orasida qurbonlar bo‘lganini xabar qilgan, ammo AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya bu yo‘qotishlarni rad etgan. Koalitsiya malumotlariga ko‘ra, bitta raketa Amerika kuchlaridan yuzlab metr nariga tushgan, natijada hech kim o‘lmagan va yaralanmagan.
LiveBarchasi