Suriyadagi kuchlarning qiyinchiliksiz olg‘a siljishiga umid qilamiz – Erdo‘g‘an (video)

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyadagi muxolifat kuchlarning olg‘a siljishi “muammolarsiz davom etishiga” umid qilmoqda. Bu haqda Erdo‘g‘an bugun, 6 dekabr kuni Istanbulda jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda ma’lum qilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiyaning ketma-ket amalga oshirgan qo‘ng‘iroqlarga qaramay, Suriya Prezidenti Bashar Asaddan mavjud muammolarni ikki tomonlama muhokama qilish taklifiga ijobiy javob bo‘lmagan.

“Agar esingizda bo‘lsa, biz avvalroq Asadga murojaat qilib, Suriyaning kelajagini birgalikda belgilashni taklif qilgan edik, afsuski, haligacha Asaddan ijobiy javob ololmadik”, degan Turkiya rahbari.

U, shuningdek, Suriyadagi kuchlarning olg‘a siljishi “qiyinchiliksiz davom etishiga” umid qilishini qo‘shimcha qilgan.

“Muxolifatning yurishi davom etmoqda. Idlib bilan hamma narsa aniq. Homs muxolifat qo‘lida va biz ularning Damashqqa yurishi haqida gapiryapmiz va bu albatta amalga oshadi. Mintaqa og‘ir ahvolda va bu yurishlar biz xohlagandek emas. Biz buni chin dildan istamaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyat keskinlashayotgan bir paytda Milliy xavfsizlik kengashining eng muhim yig‘ilishlaridan birini o‘tkazgandi. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda milliy birlik, birdamlik va omon qolish uchun har qanday tahdid va xavfga qarshi mamlakat ichkarisida va xorijda olib borilgan hal qiluvchi amaliyotlar haqida ma’lumot berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing