Suriyadagi isyonchilar Homsga ham kirib bordi
Olam
−
06 dekabr
3464Bugun, 6 dekabr kuni ertalab Suriyadagi “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Homs shahriga kirib bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, odamlar shahar markazida to‘planib, Prezident Bashar Asad rejimiga qarshi bo‘lgan qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlagan va bu “g‘alaba”ni nishonlagan.
“Suriyadagi rejimga qarshi guruhlar, poytaxt Damashqqa darvoza vazifasini o‘tagan strategik ahamiyatga ega hudud bo‘lgan Homs viloyatining Ar Rastan va Talbise tumanlarini qo‘lga kiritdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hafta boshida Hama shahri markazi ustidan nazoratni qo‘lga kiritgach, endi ular Homsda sezilarli yutuqlarga erisha boshlagan.
Shuningdek, guruh shimoldagi Ter Maela qishlog‘i va Dar al-Kabira shaharchasini qo‘lga kiritib, Homsning shimoliy chekkasidan 3 kilometr masofagacha egallab olgan.
Qolaversa, guruhning bir qismi Elguntu, Zaferene, Mesdel, Deyr Fol, Asiile, Abu Humame, Hoshimiye, Sharqiy Ferhane, G‘arbiy Ferhane, Izzeddin, Al-Gasibiye, Al-Mekremiye, Sa’en va Granada qishloqlarini ham nazorat ostiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Damashqqa olib boruvchi yo‘lda joylashgan yirik Hama shahrini uch tomondan o‘rab olgandi.
LiveBarchasi